Xitoyning Lenovo kompaniyasi şaxsiy brendi ostida smartfon işlab çiqarişni töxtatişi mumkin. Bu haqida Gizmochina naşri ma'lum qildi. 

Manbaga köra, yaqin orada Lenovöda özgarişlar kutilmoqda. Kompaniyaning keyingi modellari Moto brendi ostida işlab çiqariladi. Avvalgi nomi bilan çiqarilgan sönggi qurilma 8 noyabrda Xitoyda taqdim etiladigan P2 modeli böladi. U bilan bir vaqtda yangi Moto M anonsi bölib ötadi. 

Kompaniyada Lenovo brendi ostida smartfonlar işlab çiqarilişning töxtatilişi rasman tasdiqlanmadi. Taxminlarga köra, P2 taqdimotida bu haqida ma'lum qilinadi. 

Manbaga köra, 2014 yilning yanvarida Lenovo kompaniyasi Google'dan 2,91 milliard dollarga mobil telefonlar işlab çiqarişga ixtisoslaşgan Motorola Mobility bölimini sotib olgan. Lenovo bilan tuzilgan bitim şartnomasiga köra, Amerika internet-kompaniyasi Motorola Mobility patentlarini özida saqlab qoladi.