Jahon | 07:01 / 04.11.2016
20453
1 daqiqa o‘qiladi

Ogayo shtatida olmaxon muddatdan avval AQSh prezidentligi saylovlari o‘tishiga "o‘z hissasini" qo‘shdi

Foto: Erhard Nerger imagebroker/ globallookpress

AQShning Ogayo shtatidagi Mayami okrugida muddatdan avval AQSh prezidentligi saylovlari olmaxon sababli barbod bo‘lishiga bir bahya qoldi. Gap shundaki, olmaxon elektr uzatish tarmog‘ida qisqa tutashuv keltirib chiqargan, deb xabar bermoqda CNN.

"Biz elektr energiyasiz qoldik va qog‘oz byulletenlardan foydalanishga majbur bo‘ldik", deb tushuntirdi jurnalistlarga okrug saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari.

Kuzatuvchilarning ma'lumotlariga ko‘ra, olmaxon bilan yuz bergan voqea saylovchilarga 300 ga yaqin qog‘oz byulleten ajratilishiga olib kelgan, bu esa ovoz berish jarayonining ancha cho‘zilishiga sabab bo‘lgan.

Mavzuga oid