AQŞ prezidenti lavozimiga nomzod Xillari Klinton maşhur amerikalik juftlik – qöşiqçi Beyonse va uning turmuş örtoği, rep ijroçi Jyey Zini öz tarafdorlari safiga köproq yoşlarni jalb qiliş uçun yolladi, deb xabar bermoqda CNN.
Dunyoga maşhur qöşiqçilar Klintonning Klivlenddagi nutqi oldidan öz qöşiqlari bilan "davrani qizitişdi". Klinton bu yerda özining prezidentlik dasturi tezisini taqdim qildi. Mahalliy aholining aytişiça, Klinton avval ham bu şaharga kelgan, biroq aynan Beyonse va Djyey Zining kelişi haqidagi xabar zalda tumanot odam yiğilişiga sabab bölgan.
Beyonse sahnadan turib kelganlarni saylovda iştirok etişga va öz nomzodi uçun ovoz berişga çaqirdi. Klintonning saylovlar böyiça asosiy raqibi Donald Tramp ham şu kuni Pensilvaniyada tarafdorlari oldida nutq sözladi, biroq ta'kidlanişiça, u maxsus mehmonlar"kömagisiz" ham zalni liq töldira olgan.
CNN: Xillari Klinton öz tarafdorlari safiga yoşlarni jalb qiliş uçun maşhur qöşiqçilar xizmatidan foydalanmoqda
15:43 / 05.11.201611 3152 min

















