Angliyaning «Mançester Siti» futbol klubi boş murabbiyi Xosep Gvardiola «şaharliklar» murabbiylaridan biri Mikel Arteta va hujumçi Lionel Messi örtasida dahanaki jang bölgani haqidagi xabarga öz fikrini bildirdi. Voqea Çempionlar ligasining guruh bosqiçi 4-tur «Barselona»ga qarşi öyini tanaffusida sodir bölgan.

«Men Arteta bilan gaplaşdim. Bunday bölişi mumkin emas. Çunki, u «Barselona» va Messini ham yoqtiradi. Men Mikelni yaxşi bilaman, u men uçratgan insonlar orasida eng yaxşilaridan biri. Mikelning yana bir ajoyib inson – Lionel Messi bilan tortişib qolişi mumkin emas. 

Dastlab Fernandino edi, endi Arteta. Kutaylikçi, ertaga kimni aytişarkan. Köramiz, uning kimligini topa olişarmikan», – deya Gvardiola sözlaridan iqtibos keltiradi Goal naşri.

Avval xabar berilganidek, Messi «Etihad — Siti of Mançester» stadioni kiyiniş xonasida Mikel Arteta bilan tortişib qolgan. The Independent naşrining UYeFA matbuot xizmatiga tayangan holda yozişiça, Messiga çora körilmaydi, çunki bu voqea öyin hakamining hisobotiga kiritilmagan.