Samarqandda tramvay yöllarini barpo etiş işlari jadal sur'atlar bilan olib borilayapti. Bu işlar «Özbekiston temir yöllari» davlat aksiyadorlik kompaniyasi yuqori malakali mutaxassislari tomonidan amalga oşirilmoqda.

Samarqand şahri hokimi Akbar Şukurov NUZ.UZ muxbiri bilan suhbatda şahar tramvay tarmoğini barpo etişda Toşkentdagi tramvay yöllari demontaj qilingaç, eskirgan texnikalar, tramvay va boşqa jihozlar yetkazilayotgani töğrisidagi miş-mişlarni rad etgan. Hokimning sözlariga köra, poytaxtdan faqat Çexiyada işlab çiqilgan unça köp foydalanmagan tramvay vagonlari yetkazilmoqda. Relslar, şpallar, transformatorlar va boşqa barça zaruriy aşyolarning esa faqat yangilari örnatiladi.

Şukurovning sözlariga köra, Samarqand tramvaylarida odatdagi taqillaş ovozlari eşitilmaydi. Tramvay yöllari şovqin çiqarmaydi. Şu bilan birga, izlar yangi usulda yotqizilgani sabab, turli ulanişlar soni köp bölmaydi. Şunga köra, yölovçilar va tramvay yöllariga yondoş uylarda istiqomat qiluvçilar uçun ham qulaylik barpo etiladi. 

Dastlab, Samarqandda tramvay tarmoğini barpo etiş ğoyasi bildirilganda, Sartepa mavzesidan Siyob bozoriga qadar tramvay izlarini yotqiziş fikri bildirilgan edi. Biroq, keyinçalik bu rejaga qator tuzatişlar kiritildi. 

Uç bosqiçda amalga oşiriladigan rejaning birinçi bosqiçida «Sartepa mavzesi – temir yöl vokzali» yönalişi quriladi. U Beruniy, Buyuk ipak yöli, Amir Temur va Turkiston köçalaridan ötkaziladi. Yölning uzunligi 10 kmga yaqin böladi. Tramvay deposi Gagarin va Rödakiy köçalari kesişmasidagi sobiq avtobaza hududida barpo etiladi. Yölning bu qismi 2017 yil Navröz tantanalariga foydalanişga topşiriş rejalaştirilgan.

Samarqand şahar hokimining aytişiça, hozirça, ikkinçi va uçinçi tramvay yöllarini quriş loyihasini mutaxassislar örganmoqda. Umuman, şahardagi tramvay yöllarining umumiy uzunligi 34 kmni taşkil etişi kerak.

Hozirda, tramvay izlarini barpo etiş işlariga «Özbekiston temir yöllari» DAKning maxsus yöl maşina stansiyasining mingga yaqin xodimi jalb etilgan, 30dan ortiq turli zamonaviy texnika safarbar etilgan.