Turkiya yoşlar va sport vazirining ma'lum qilişiça, vazirlik islomofobiya – islomdan qörqişni tarğib qiluvçi kompyuter öyinlar tarqalişiga qarşi kuraşadi.
Vazirning aytişiça, bunday öyinlar haqida ma'lumot çop etiladigan maxsus sayt yaratilgan.
Bundan taşqari, foydalanuvçilar telefon qilib, islomofobiyani tarğib qiluvçi öyinlar haqida ma'lumot berişlari mumkin bölgan "qaynoq" liniya işga tuşirilgan.
Bunday öyinlarni tarqatuvçi kompaniyalarga tegişli ogohlantiriş yuboriladi.
Vazirning ma'lum qilişiça, bu muammoni yeçiş böyiça ikki kunlik seminar taşkil etiş rejalaştirilmoqda. Unda kompyuter öyinlari işlab çiqaruvçilari va distribyutorlari, ota-onalar, ruhşunoslar, pedagoglar, jamğarmalar va davlat tuzilmalari vakillari hamda foydalanuvçilar iştirok etadilar.












