2016 yilda oğir judoliklar köp böldi. Avvaliga özbek adabiyotidagi 2 zabardast şoirdan biri, «Özbegim» qasidasi muallifi Erkin Vohidov, keyin Özbekistonning Birinçi Prezidenti, millat otasi Islom Karimov, keça esa mustaqil Özbekiston davlat madhiyasi muallifi Abdulla Oripov birin ketin dorilbaqoga rihlat qildi.
Özbekiston Milliy universiteti dotsenti, siyosiy fanlar nomzodi, öz vaqtida prezident matbuot kotibi sifatida faoliyat körsatgan jurnalist Sherzod Qudratxöjayev feysbukdagi sahifasida uşbu uç siymo bilan birga tuşgan suratini joyladi.
"Uçalalari ham abadiyatga daxldor işlarni amalga oşirişdi. Tiriklik çoğlaridayoq özlariga haykal qöyişdi. Ularning joylari jannatu firdavs boğlaridan bölsin, Omin!", deya izoh berilgan bu tarixiy suratga.
Qayd etiş kerakki, bu şaxslar Özbekistonning mustaqilligi uçun intilgan, mustaqil Özbekistonning ilk odimlarida yelkadoş bölgan, qariyb tengdoş qahramonlar edi.












