Iroqning IŞID terrorçilik guruhidan ozod qilingan hududlarida harbiylar jangarilar turmuş tarzi qoidalari yozilgan bosma materiallarni aniqlaşdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Bosma materiallar savol va javob körinişidagi qoidalar tarzida taqdim qilingan. Jumladan, materiallarda terrorçilik guruhi a'zosi qanday töğri ibodat qilişi, taşqi körinişning qanday talablariga amal qilişi haqida gapirilgan. Qoidalarda IŞID jangarilariga kalta şimlar kiyişga ruxsat berilgan. Şuningdek, qirib taşlanişi ruxsat berilmaydigan soqollar "durust uzunlikda" bölişi ta'kidlangan.
Muqovasida zargarlik buyumlari va buğdoy tasviri tuşirilgan kiçik kitobçada qanday qilib xayr-ehson qiliş haqida ham tuşunça berilgan. Unda muntazam ravişda xayr-ehson qilmaydiganlarni jazo kutişi aytilgan.
Bundan taşqari, jangarilarni internet yoki mobil aloqadan foydalaniş iştiyoqidan qaytariş uçun IŞID rahbariyati tomonidan "Men sun'iy yöldoş antennasini nima uçun yöq qilişim kerak" deb nomlangan kitobça çop etilgan bölib, unda buning 20 ta sababi keltirilgan. Xususan, ularda "yöldoşli aloqa kanallari yalanğoç ayollar, işqiy munosabatlarni körsatişi, ular orqali körsatiluvçi körsatuvlarda nomaqbul sözlar işlatilişi" aytilgan.
Ma'lum qilinişiça, kitobdagi "hayot qoidalariga" amal qilmaslik qoidabuzarlikning oğirligiga qarab ommaviy jazolaş yoki qatl etiş bilan jazolanişi aytilgan.












