Turkiyaning YeI işlari böyiça vaziri Umar Çelik, Turkiyaning YeIga a'zoligi böyiça muzokaralarni muzlatişga çaqirayotganlarni irqçilikda aybladi, deb xabar qilmoqda Reuters.

U bu haqda YeI vakillari bilan Anqarada ötkazgan uçraşuvidan söng taşkil etilgan matbuot anjumanida söz yuritgan. 

Çelikning sözlariga köra, Turkiya va YeI munosabatlari «zaif» davrni boşidan keçirmoqda. 

Eslatib ötamiz, Yevropa mamlakatlari Turkiya parlamentining Xalqlar demokratik partiyasi fraksiyasi a'zolari hibsga olingaç, rasmiy Anqarani keskin tanqid qilgan edi. 

Ularning hibsga olinişiga, Turkiya hukumatining izohiga köra, deputatlarning Kurdiston işçi partiyasiga aloqadorliklari sababdir. Ma'lumki, bu siyosiy harakatning Turkiyadagi faoliyati taqiqlangan.  

Bundan avval, Turkiya prezidenti Erdöğan KIPni qöllab-quvvatlagani uçun Yevropani terrorizmga yordam berayotganlikda ayblagan edi.