Farğona viloyatining «Jöydam ta'mir quriliş» kompaniyasi hamda Xitoyning «Tongli» va «Shanfeng» şirkatlari iştirokida qöşma korxonalar taşkil etiş böyiça şartnoma imzoladi. Bu haqda Farğona viloyati hokimligi axborot xizmati xabar bergan.

Şartnomaga köra, Andijon viloyatining Buloqboşi tumani hamda Farğona viloyatining Özbekiston tumani Şörsuv şaharçasida har biri kuniga 4000 tonna sement işlab çiqaruvçi ikki korxona qurib, foydalanişga topşiriladi.

Buloqboşi tumanida quriliş-montaj işlari boşlab yuborilgan. Xitoylik hamkorlar uşbu loyihaga 200 million dollaridan ortiq investitsiya kiritişi közda tutilgan. Korxonalarning quriliş işlariga sarflanadigan mablağlar «Asaka» DATB va DT «Xalq banki» Farğona viloyati filiallari tomonidan moliyalaştiriladi. 

Tsement işlab çiqariş uçun zarur bölgan xom aşyo 100 foiz mahalliy konlardan olinadi.

Qayd etişlariça, hozirda Farğona viloyatida faoliyat körsatayotgan «Quvasoy sement» kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilayotgan mahsulotlar vodiy ehtiyojining 37 foizini taşkil etadi.

Yangi korxonalarning işga tuşişi hududda 1600 ga yaqin yangi iş örni taşkil etişi bilan birga, vodiy aholisining sementga bölgan ehtiyojini töliq qoplaydi.

Ma'lumot uçun, Buloqboşi tumanidagi korxona 2017 yilning, Özbekiston tumanidagisi esa 2018 yilning oxirida qurib bitkazilişi rejalaştirilgan.