Oq uy ma'muriyati rahbari Barak Obama Hillari Klintonni qöllab Orlando şahrida qilgan çiqişida, nomzodning ğalabasiga oid fikrlari bilan örtoqlaşdi. Uning bayonotiga köra, demokratlar nomzodi Florida ştatida raqibini ortda qoldira olsa, Amerika prezidentligi kursisini egallaşi mumkin.
“Agar biz bu saylovda ğalaba qozona olmasak, erişgan barça natijamiz bir tiyin. Ammo, Floridani qölga kiritsak, — iş bitdi”, — deya Obama sözlarini keltiradi Florida Today naşri.













