Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 28 oktabrdagi 375-sonli qaroriga muvofiq, “Özbekiston temir yöllari” AJ taşkiliy tuzilmasiga özgartişlar kiritildi. Qarorda şuningdek, kompaniyaning ijroiya tuzilmasida ham özgartişlar amalga oşirilişi belgilangan.
Endilikda, kompaniyaning taşkiliy tuzilmasida yuridik şaxs maqomiga ega bölinmalar va ularning boşqaruv organlari: aksiyadorlarning umumiy yiğilişi, kuzatuv kengaşi va boşqaruv apparati paydo böladi. Uning faoliyatining içki nazoratini reviziya komissiyasi va içki audit xizmati amalga oşiradi.
“Toşkent metropoliteni” unitar korxonasi “Özbekiston temir yöllari” AJ kompaniyasi tarkibiga kiritilgani bois, uning rahbari aksiyadorlik jamiyati ijroiya boşqarmasi rahbari örinbosari lavozimini ham egallaydi.
Şuningdek, kompaniyaning boşqaruv xodimlari soni 93 nafargaça (avval 120 kişi) qisqartirilgan.












