AQŞning şarqiy ştatlarida prezidentlik saylovida ovoz berişlar uçun saylov uçastkalari oçila boşladi. Bu haqda mahalliy naşrlar xabar bergan.
Hozirga kelib Florida, Delaver, Jorjiya, Massaçusets, Merilend, Miçigan, Nyu-Hempşir, Pensilvaniya, Rod-Aylend, Janubiy Karolina va Tennesida ovoz beriş boşlangan.
Bungaça Şimoliy Karolina, Ohayo, Ğarbiy Virjiniya va Vermont, şuningdek, Nyu-York, Konnektikut, Men, Nyu-Jyersi va Virjiniya, Indiana hamda Kentukkida saylov uçastkalari oçilgandi.
Dastlab Indiana va Kentukkida saylov uçastkalari yopiladi (mahalliy vaqt bilan soat 18:00da - Toşkent vaqti bilan soat 04:00). Yana 5 ştat, şular qatorida Floridada ovoz berişlar soat 19:00da töxtatiladi (Toşkent vaqti bilan soat 05:00).












