AQŞ prezidenti Donald Tramp öz nomzodini uçinçi vakolat muddatiga ilgari suriş fikrini yana bir bor yoqlab çiqdi. Ayova ştatidagi respublikaçilarning saylovoldi mitingida u «nomzodini qayta qöyişga haqli» ekanini aytdi, deb yozdi Newsweek.

Avvaliga Tramp AQŞ Konstitutsiyasining XXII moddasi prezidentlik lavozimini ikki martadan ortiq egallaşni taqiqlaşini tan oldi. «Afsuski, u juda lönda yozilgan. Bu yerda boşqaça talqin qilişga deyarli örin yöq», - dedi u. Şunga qaramay, deb sözida davom etdi siyosatçi, özining holati - mustasno, çunki u göyoki prezidentlik saylovida allaqaçon uç marta ğalaba qozongan. Bu örinda Tramp Jo Baydendan yengilganini haligaça tan olmay kelayotgan 2020-yilgi saylovni nazarda tutgan.

«Ular bizni ikkinçi marta ğirromlik qilib yutişdi, aslida biz uç marta ğalaba qozonganmiz, şuning uçun yana nomzodimni qöyişga haqliman deb öylayman. Meni aldaşgani uçun ham nomzodimni qayta qöyişga haqqim bor deb hisoblayman», - deb öz mantiğini tuşuntirdi Qöşma Ştatlarning 45- va 47-prezidenti.

Tramp Oq uyga qaytganidan söng uçinçi marta qayta saylanişi mumkinligi mavzusini bir neça bor kötargan. Vaziyatga qarab, u goh gapni hazilga buradi, goh bunday daʼvolarini inkor etadi, gohida esa maʼlum şartlar bilan bunga yöl qöyadi.

AQŞ tarixida ikki muddatdan ortiq öz lavozimida qolgan yagona prezident Franklin Delano Ruzvelt (1930–1945-yillarda faoliyat yuritgan) edi. Öşa paytda amerikalik siyosatçilarga bunday yöl tutişga qonunlar emas, balki birinçi prezident Jorj Vaşington xotirasiga ehtirom sifatida şakllangan anʼanagina tösqinlik qilardi. Şunga qaramay, Ruzvelt vafotidan söng, Kongress va ştatlar 1947–1951-yillarda federal Konstitutsiyaga bir kişining ikki muddatdan ortiq prezident bölib qolişini qatʼiyan taqiqlovçi XXII tuzatişni qabul qildi.