Turkiya taşqi işlar vaziri Mavlut Çavuşöğlining bayonot berişiça, Germaniya Turkiyadagi terrorçilarga kömak berayotgan davlatdir. 

"Afsuski, Germaniya Turkiya tomonda emas. U doimo Turkiyaga qarşi taşabbuslarni qabul qiladi. Biz Kurdiston Işçi partiyasining 4 mingga yaqin a'zosini berişni söragan bölsak, ular bittasini ham berişgani yöq. KIP Germaniyaning har bir şahrida terrorçilik faoliyati uçun mablağ yiğadi. Nemis hukumati esa buni juda yaxşi biladi", - degan vazir. 

Uning aytişiça, yaqinda Şveytsariyaga safari çoğida "KIPning ikki nafar va Inqilobiy xalq ozodlik partiyasining ikki a'zosini berişni söragan".

"Ma'lum bölişiça, ular Germaniyada ekan. Şveytsariya ularni Germaniyaga çiqarib yuborgan va bu tasodifiy emas. Bu taşkilotlar Germaniya içida faoliyat yuritmoqda. "Fathullohçilar terrorçilik taşkiloti" a'zolari ham u yerga qoçmoqda. Ular bekorga Germaniyani ma'qul körişayotgani yöq", - degan Çavuşöğli. Uning sözlariga köra, GFR "Turkiyada faoliyat yurituvçi terrorçilarga eng köp yordam beradigan, ularni qabul qiladigan mamlakatga aylangan".

Turkiya taşqi işlar vazirining fikriça, bu kabi muammolarni hal etiş uçun "diplomatik çoralar körişni va ikki tomonlama muloqotni davom ettiriş zarur".