BAAning Dubay şahri transport departamenti va Amerikaning Hyperloop One kompaniyasi özaro şartnoma imzoladi. Unga köra, tomonlar Abu-Dabi va Dubay şaharlari örtasida tovuşdan tez harakatlanuvçi Hyperloop transport tizimini barpo etiş imkoniyatlarini örganadi.
Amirlikda çop etiluvçi Khaleej News naşrining yozişiça, tovuşdan tez, vakuumli Hyperloop ("Giperxalqa") poyezdi, nazariy jihatdan soatiga 1200 km tezlikkaça harakatlanişi mumkin. U barpo etilsa, Dubay şahridan BAA poytaxti Abu-Dabigaça bölgan masofani 12 daqiqada ortda qoldiriş mumkin. Bu tizimdan yölovçilar va transport vositalarini taşişda foydalaniladi.
Avvalroq, Dubaydagi jahonning eng yirik port operatorlaridan biri DP World kompaniyasi konteynerlarni tuşirişda Hyperloop texnologiyasidan foydalanişga qiziqiş bildirgan edi.
Hyperloop – pölat quvurlardan iborat tizim bölib, uning içiga poyezd, aniqroği aerodinamik "yostiqça"dagi germatik kapsula joylanadi. Ğoya muallifi – milliarder Ilon Mask hisoblanadi. U Tesla Motors elektromobillar işlab çiqaruvçi va Space X raketasozlik kompaniyasi asosçisi hamdir.













