Taniqli niderlandiyalik murabbiy Guus Hiddink bugun 70 yillik yubileyini nişonlaydi.
Terma jamoalar bilan işlaşda köproq nom qozongan Hiddink Rossiya terma jamoasi bilan Yevro-2008 yarim finaliga qadar borgandi. Bundan taşqari u Janubiy Koreya, Turkiya, Avstraliya, Niderlandiya terma jamoalari hamda Yevropadagi bir qator klublarda faoliyat körsatgan.
Hiddink işlagan jamoalar qatorida PSV, «Valensiya», «Fenerbahçe», «Real», «Çelsi» va Rossiyaning «Anji» klublarini sanaş mumkin.
Guus Hiddink 1946 yilning 8 noyabrida Gelderland viloyati, Varsseveld şahrida Gerxard Xendrik Hiddink (1916-2009) va Aleida Yoxanna Prinsen (1920-2008) oilasida dunyoga kelgan.
1966 yilda Overven şahridagi sport ustalari institutni tamomlagan.
U faoliyatini "Varsseveld" jamoasida yarim himoyaçi sifatida boşlagan.
1967-1970 yillarda "De Grafsxap" (Dutinxem) klubi uçun öynagan. Şu bilan bir vaqtda u yoşlar jamoasining murabbiyi, asosiy jamoa murabbiyi yordamçisi bölgan. 1969 yilda klub quyi liga çempioniga aylanib, yuqori divizionga çiqqan.

1970-1972 yillarda PSV (Eyndxoven) safida öynagan Hiddink yana "De Grafsxap"ga qaytgan va 1976 yilga qadar şu jamoada bölgan.
1973-1984 yillarda öynovçi professional futbolçilikni taşlamagan holda parallel ravişda Dutinxemda jismoniy tarbiya murabbiyi sifatida işlagan.
1977-1981 yillarda NeK (Neymegen) jamoasi safida öynagan. Bu vaqtda u 2 marta AQŞning "Vaşington Diplomats" (1978) va "San-Xose Ertkueyks" (1980) jamoalariga ijaraga berilgan.

1981-1983 yillarda yana "De Grafsxap" safida bölgan.
U futbolçilik faoliyatini 1983 yilda yakunlagan. Futbolçilik davrida 500 uçraşuv ötkazib, 80ta gol urgan.
1984-1987 yillarda u PSV jamoasida boş murabbiyi yordamçisi bölgan, 1987-1990 yillar davomida bu jamoani boş murabbiy sifatida boşqargan. Hiddinkning murabbiyligida jamoa Niderlandiya çempionatida qatorasiga 3 yil (1987-1989) çempion bölgan, bundan taşqari 3 marta mamlakat Kubogi (1987/1988, 1988/1989, 1989/1990) va 1988 yilgi Yevropa çempionlar kubogida ğalaba qozongan.

















