Qozon şahrining Novo-Savinovskiy tumanida yöl harakati xavfsizligi xizmati xodimlari qoidabuzarni ta'qib qilişdi. Özbekiston fuqarosi bölgan haydovçi YTH sodir etgan va hovlilar oralab politsiyadan qoçişga uringan. Bu haqda «Efir-24» telekanali efirida ma'lum qilindi.
Özbekiston fuqarosi bölgan bu şaxs Daewoo Nexia rulida ketayotib, yöl harakati qoidalarini qöpol ravişda buzgan, qarama-qarşi yönalişda tezlikni oşirgan holda harakatlangan, yakunda avariya sodir etgan hamda maşinani qoldirib, qoçib qolişga tutingan. Lekin inspektorlar uni köp ötmasdan tutib olişgan.
Guvohlarning ma'lumotlariga köra, haydovçi birinçi darajali qoidalarni inkor qilgan va svetofor çiroqlariga qaramagan. Yöl oxirida esa qarama-qarşi yönalişga çiqib ketgan. U transport vositalari köp hududga bostirib yurib, qaltis harakatlarni amalga oşirgan. U töqnaşuvdan qoçiş uçun maşinani hovlilar tomon haydagan, lekin maşina yöl çetidagi çuqurga tuşib qolgan.
Uning haydovçilik hujjatlari joyida bölgan, ammo u alkogol testidan ötişni istamagan. Maşina avtomobillar saqlaniş hududiga olib ketilgan, haydovçini esa sud kutmoqda.













