Rossiya Davlat Dumasi spikeri örinbosari Vladislav Davankov taksi agregator ilovalarida yölovçilarga migrant haydovçi bilan sayohat qilişdan boş tortiş imkonini beruvçi funksiyani joriy etişni öylab körişni taklif qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Davankov Rossiya transport vaziri Roman Starovoytga şu mazmundagi xatni yuborgan. Davlat dumasi spikeri örinbosarining yozişiça, sönggi paytlarda Rossiyada xorij fuqarolari, jumladan, taksi haydovçisi bölib işlayotganlar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar soni köpaygan.
«Menimça, taksi agregator ilovalarida yölovçilarga migrant haydovçi bilan sayohat qilişdan boş tortiş imkonini beruvçi funksiyani joriy etiş imkoniyatini körib çiqiş zarur», deyiladi hujjatda.
Uning fikriça, bu yangilik yölovçilarga qöşimça xavfsizlik va haydovçining tanlovi ustidan nazoratni ta’minlaydi, bu esa, öz navbatida, salbiy hodisalar sonini kamaytirişga yordam beradi. Davankov sözlariga köra, uşbu çoraning amalga oşirilişi taksiçi bölib işlayotgan Rossiya fuqarolarini qöllab-quvvatlaydi, çunki yölovçilar bunday haydovçilarga ustunlik beradi.
Rossiyaning köplab hududlarida allaqaçon migrantlarning taksi sohasida işlaşiga taqiq joriy qilingan. 2024 yildan boşlab bunday çeklovlar quyidagi hududlarda amal qilmoqda: Kemerovo viloyati (Kuzbass), Kurgan viloyati, Magadan viloyati, Çelyabinsk viloyati, Tyumen viloyati, Tula va Kaluga viloyatlari, Xanti-Mansiysk avtonom okrugi, Kamçatka ölkasi va boşqalar.
Uşbu çora-tadbirlar Rossiya fuqarolarini ustuvor iş bilan ta’minlaş va yölovçi taşiş xavfsizligini oşirişga qaratilgani bilan izohlangan. Biroq, ekspertlarning qayd etişiça, bunday taqiqlar taksi haydovçilarining yetişmasligi va noqonuniy taşuvçilar sonining köpayişiga olib kelişi mumkin.













