Janubiy Koreya prokuraturasi mamlakat prezidenti Pak Kin Xe va uning dugonasi bilan boğliq siyosiy mojaro yuzasidan suriştiruv işlarini davom ettirmoqda. Uşbu tergov işlari doirasida Samsung kompaniyasining idoralarida tintuv işlari ötkazilgan. Ma'lumki, prezident dugonasi Tsoy Sun Sil davlat işlariga noqonuniy aralaşganlikda gumon qilinmoqda, deb xabar qiladi «Yonxap» agentligi.

Janubiy Koreya prokurorlari Samsung kompaniyasi prezident dugonasining qiziga yordam bergan yoki bermaganini aniqlaş maqsadida şunday çoralarni qöllagan. 

Avvalroq, Samsung kompaniyasi Tsoy Sun Sil va uning qizi birgalikda egalik qilgan kompaniyaga 2,8 mln yevro mablağ ötkazib bergani töğrisida tasdiqlanmagan xabarlar paydo bölgan edi.