Turkiya kömir import qilişdan voz keçadi, çunki u özining zaxiralaridan foydalanişi kerak. Bu haqda "Anadolu" axborot agentligi Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdöğanga iqtibos keltirgan holda ma'lum qildi.   

U şuningdek atrof-muhit himoyaçilari işlatilişini faol tanqid qiladigan kömir va yadro yoqilğisi Ğarb davlatlaridagi köpgina elektrostansiyalarda faol qöllaniladi.

Erdöğan Turkiya Yevropani energiya bilan ta'minlovçi uçta yirik davlat qatoriga kirişni öz oldiga maqsad qilib qöyganini aytdi. Uning ta'kidlaşiça, Turkiya hukumati 2023 yilgaça "Akkuyu" AESini foydalanişga topşirişni rejalaştirmoqda. Bu AES hozirda Mersin viloyatida qurilmoqda.

"Şuningdek, Sinop viloyatida AES quriş böyiça işlar davom etmoqda. Uçinçi AESni quriş böyiça dastlabki tayyorgarçilik boşlandi. Biz barça uçta AESni qurib, foydalanişga topşirişga qat'iy kirişganmiz", deb qöşimça qildi Erdöğan.