Xiaomi kompaniyasi özining ilk simsiz "siçqonça"sini namoyiş qildi. Qurilma Mi Mouse nomini oldi va u 99 yuandan (taxminan 100 ming söm) taklif qilinmoqda.
Simsiz "siçqonça" korpusi ABS-plastik va anodirlangan alyuminiydan yasalgan. U kompyuter yoki boşqa bir qurilmaga Bluetooth (4.0) va Wi-Fi (2.4 GGts) orqali ulanadi, aloqa 10 metr radiusida barqaror işlaydi.
"Siçqonça" Windows 7 va undan keyingi versiyalar boşqaruvi ostidagi kompyuyerlarga ulanadi, u bir vaqtning özida ikki qurilma bilan işlaşi ham mumkin. 1200 dpi'li yuqori aniqlikdagi lazer sensori qattiq stol, mato yoki şişada işlay oladi.
Yangi "siçqonça" dizayni minimallikka asoslangan. Ikki tugma doirani hosil qiladi, ularning orasida - skroll ğildiraklari joylaşgan. Tagida - qurilmani yoqiş va öçiriş, şuningdek simsiz tarmoqqa ulaş tugmasi bor.
Xiaomi "siçqonça"si hajmi — 110,2x57,2x23,6 mm, vazni - 77,5 g. Qurilma 11 noyabrdan Xitoyda sotuvga qöyiladi.












