Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe öz dugonasining davlat işlariga aralaşgani ehtimoli haqidagi xabarlardan keyin mamlakatda boşlangan ommaviy tartibsizliklar tufayli OTIH (Osiyo-Tinç okeani iqtisodiy hamkorligi) sammitidagi iştirokini bekor qildi. Bu haqda Assosiated Press xabar bergan.

Mamlakat Taşqi işlar vazirligi tomonidan ma'lum qilinişiça, hozirgi davlat rahbari OTIH sammitini ötkazib yuboradigan ilk prezidentga aylanişi mumkin. Sammit a'zolari 1993 yildan buyon har yili uçraşib keladi.

Şu bilan bir vaqtda prezident vakili qayd etganki, Pak Kin Xe ayni vaqtda Şimoliy Koreya bilan boğliq muammolar haqida qayğurayotgani uçun sammitga bora olmaydi.

Janubiy Koreya poytaxti Seulda 5 noyabr kuni prezidentning iste'fosini talab qilib minglab kişilar köçalarga çiqdi. Bunga u özining 40 yillik dugonasi, korruptsion mojaroda ayblangan Tsoy Sun Silga davlat hujjatlarini işonib topşirgani haqidagi xabarlar sabab böldi. 

Ma'lum bölişiça, Sil prezidentning nutqlarini ular rasman ma'lum qilingunga qadar tahrir qilgan. Tsoy Sun Sil şaxsiy va tijorat maqsadlarida prezidentga ta'sir qilganlikda gumon qilinmoqda. Jumladan, huquq-tartibot muassasalarining ma'lum qilişiça, uning ikkita jamğarmasi – MIR va K-Sport yirik biznesdan pul yiğiş bilan şuğullangan. Joriy haftada ayol hibsga olindi.

Mitingda 40 mingga yaqin kişi iştirok etgan. 

4 noyabrda ma'lum qilingan ma'lumotlarga köra, prezidentning reytingi rekord darajagaça tuşib ketgan va 5 foizni taşkil qilmoqda.   

Pak Kin Xening dugonasi va uning ikki sobiq yordamçisi davlat işlariga aralaşişda ayblanib, hibs qilingan.