Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Klinton 1980 yildan beri prezidentlik saylovlari g‘olibi bexato aniqlanib kelinadigan Guam orolida g‘olib bo‘ldi
AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Xillari Klinton Guam orolida saylovchilarning ko‘pchilik ovozini oldi, deb yozmoqda USA Today.
Klinton bu yerda 71,63 foiz ovoz, uning asosiy raqibi Donald Tramp esa 24,16 foiz ovoz to‘plagan. Hammasi bo‘lib ovoz berishda 32 mingdan ko‘proq odam ishtirok etgan.
Guamning barcha saylovchilari AQSh fuqaroligiga ega bo‘lsa-da, ularning ovozlari prezidentlik saylovlarida inobatga olinmaydi, chunki Guam AQSh saylovchilari hay'atida vakilga ega emas.
Biroq mahalliy aholi ovoz berish natijalariga ko‘ra 1980 yildan beri prezidentlik saylovlarining g‘olibini bexato aniqlab keladi.
Mavzuga oid
22:05 / 20.08.2024
Xillari Klinton Kamala Xarrisga «shisha shift»ni sindirish vaqti kelganini aytdi
07:07 / 15.12.2020
Rasman: Jo Bayden AQSh prezidentlik saylovlarida g‘olib bo‘ldi
22:12 / 02.01.2020
Xillari Klinton Britaniyadagi Kvins universiteti rektori bo‘ldi
00:00 / 24.03.2019