AQŞ prezidentligi uçun prezidentlik saylovlarida berilgan ovozlarni sanaşning dastlabki natijalari ma'lum qilib kelinmoqda. Xususan, demokratlar nomzodi Hillari Klinton respublikaçilar vakili Donald Trampni AQŞ poytaxti Vaşington şahri joylaşgan Kolumbiya federal okrugida mağlubiyatga uçratgan.
Uşbu ma'lumotlarni tarqatgan NBC News telekanaliga köra, Klinton Vaşington şahrining özida ham Trampni doğda qoldirgan.
Bu yerda, 65 foiz ovoz byulletenlari sanalganidan keyin, Klinton katta farq bilan oldinda bormoqda. Unga saylovçilarning 93 foizi işonç bildirgan, Tramp atigi 4 foiz ovoz töplay olgan.
Bunday natijani şu bilan izohlaş mumkinki, Donald Tramp, bir neça marotaba Vaşingtonda yaşab, u yerda işlaydigan AQŞ federal hukumati xodimlarining faoliyatini keskin tanqid qilgan edi.












