Xalqaro miqyosdagi fan olimpiadalari asosan aniq va tabiiy fanlar yönalişida ötkaziladi. Şunday olimpiada ğoliblariga kattaroq sovrinlar berilişi boşlanganidan beri, Özbekistondan ham xalqaro olimpiadaçilar soni oşgan. Maktabgaça va maktab ta’limi bergan ma’lumotga köra, nufuzli xalqaro olimpiadalarda sovrindor bölgan öquvçilar va ularning ustozlari uçun 2019 yildan buyon 4,1 mlrd sömlik pul mukofotlari ajratilgan. Ötgan yilning özida 39 nafar öquvçi mintaqaviy va xalqaro miqyosdagi olimpiadalarda ğolib bölib qaytişgan.

37 ta medal

Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligiga köra, özbekistonlik maktab öquvçilari 2017 yildan beri IMO, ICHO, IBO, IPHO, IOI kabi xalqaro musobaqalarda iştirok etib kelişadi. Şu vaqt davomida öquvçilar 4 ta oltin, 13 ta kumuş va 20 ta bronza – jami 37 ta medalni qölga kiritişgan. 2017 yilda mintaqaviy xalqaro olimpiadalarda jami 37 nafar öquvçi iştirok etgan bölsa, 2022 yilda bu körsatkiç 308 nafarga yetgan.

2022 yildan boşlab öquvçilarni nufuzli xalqaro olimpiadalarga tayyorlaş va ularga zarur bilim va könikmalarni örgatiş maqsadida alohida tayyorlov dasturi amaliyotga joriy etilgan.

Öşa yili iştirokçi öquvçilarni xalqaro fan olimpiadalariga tayyorlaş uçun ilk marta poytaxtdagi “Özbekiston” mehmonxonasi tanlangan. Bu tayyorlovda 17 nafar öquvçilardan iborat Özbekiston terma jamoasi a’zolari va kelgusi yillar uçun rezervga kiritilgan, saralaş olimpiadalarida yuqori natijalarni qayd etgan 50 nafar 9-10-sinf öquvçilari qatnaşgan.

Ularga matematika, kimyo, biologiya va fizika fanlaridan AQŞ, Janubiy Koreya, Rossiya davlatlari terma jamoalarini xalqaro olimpiadalarga tayyorlaşda bevosita iştirok etib kelayotgan 6 nafar xorijiy trener-öqituvçilar va turli yillarda xalqaro olimpiadalarda medallarni qölga kiritgan özbekistonliklar bilim berişgan.

Ğoliblar uçun mukofot va imtiyozlar

Prezidentining “Iqtidorli yoşlarni aniqlaş va yuqori malakali kadrlar tayyorlaşning uzluksiz tizimini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroriga asosan, xalqaro olimpiadalarda yuqori örinlarni egallagan öquvçilarga quyidagi imtiyozlar beriladi:

– Xalqaro matematika olimpiadasi, Xalqaro fizika olimpiadasi, Xalqaro kimyo olimpiadasi, Xalqaro biologiya olimpiadasi ğoliblari davlat oliy ta’lim muassasalariga test sinovisiz va qöşimça imtihonsiz qabul qilinadi;

– asosiy olimpiadalarning respublika bosqiçida 1 — 3 örinlarni egallagan iştirokçilar öz ixtisoslik fani böyiça davlat oliy ta’lim muassasalariga kiriş imtihonlarida maksimal ball oliş huquqini beruvçi va uç yil muddat davomida amal qiluvçi sertifikat bilan taqdirlanadi”.