Madridning "Real" futbolçisi Kriştianu Ronaldu Nike kompaniyasi bilan umrbod reklama şartnomasini imzoladi.

TMZ portali ma'lumotlariga köra, şartnomaning moliyaviy tafsilotlari oşkor qilinmaydi, biroq bitim qiymati amerikalik basketbolçi Lebron Jyeyms bilan bölganidek, 1 mlrd dollargaça yetişi mumkin. Jyeyms yaqinda Nike bilan umrbod reklama şartnomasini imzolagan.

Nike özining YouTube’dagi rasmiy kanalida Ronaldu şartnomaning imzolanganini şaxsan özi e'lon qilgan va sport kiyimlari işlab çiqaruvçi bu kompaniya u uçun dunyodagi eng yaxşisi ekanini aytgan videoni joylaştirdi.