Toşkent şahri Yakkasaroy tumani Damariq mahallasida qurilayotgan Newport turar joy majmuasi atrofidagi mojaro yetti yildan beri davom etmoqda. Ayrim xonadonlar zöravonlik bilan buzilib, egalari majburan köçirildi, qolgan mulkdorlar esa haligaça sudlarda öz haqini talab qilmoqda.
Kun.uz muxbiri Abdulla Qahhor köçasidagi xonadon egalari bilan suhbatlaşdi. Ularning aytişiça, kompensatsiya miqdori mulkdorlar roziligisiz belgilangan, ijro harakatlari esa şubhali tarzda amalga oşirilgan. Şu bilan birga, hali odamlar yaşab turgan uylar bilan 10 metr masofada tsement zavodi qurilgan.
“Adolat qayerda?”
Xonadon egalaridan biri Jamşid Rajabov sud jarayonlaridan norozi ekanini aytadi.
«Köçamizdagi asfaltlarni buzişdi, bolalarimizning maktab-boğçalarga boriş yöllarini buzişdi. Hozir biz hammamiz ular bilan sudlaşyapmiz va sud işlari bizning foydamizga hal bölmayapti. Sababi sudyalar bizni umuman eşitmayapti. Sudda ikki tarafga kelişiş uçun bir hafta muhlat berilyapti. Bir haftadan keyin sudda da’vogar tomon öz fikrini özgartirmasligini aytganda sudya ularning foydasiga hukm öqiyapti. Bu kulgili narsa. Adolat qayerda?»
“Bizning ustimizdan kulişyapti”
Yana bir mulkdor Şavkat Xidirovning aytişiça, quriliş maydonidagi tsement işlab çiqariş faoliyati yaşaş şaroitiga jiddiy ta’sir körsatgan.
«Uyimning oldiga tsement zavodi qurgan, uyim bilan orasi 10 metr. Har kuni 02 qilaman, kelmaydi. Buning uçun sudya menga 3 oklad jarima soldi va 1 yilga arestovat qildi. Xuddi men kimnidir öldirganday. Çunki keçqurun şovqin, töpolon, har kuni 20-30 ta maşina keladi. Bu yerda tsement sotadi ular. Tsement şunaqa oqadi (hovliga) Ekologiya qömitasigayam, Sanepidemiyagayam telefon qildim. Keladi, yozadi, ketadi. Özgariş yöq. Sud bizga boşqaça gapiradi, keyingisi yana boşqaça gapiradi. Qöpol bölsayam, pul olgan bölsa kerak deb öylayman. Yakkasaroy tuman sudyalari, şahar sudyalari kördi işni, endi Oliy suddan umid qilyapman. Eng asosiysi bizning juda ustimizdan kulişyapti. Hojatxonasini uyimning tagiga qurib qöyişgan, har yakşanba kuni tortadi, hidi sasib ketadi».
Fuqarolarning ma’lum qilişiça, qurilişçi kompaniya aholini majburiy köçiriş böyiça sudga murojaat qilgan. Ularning fikriça, kompensatsiya miqdori ham mulkdorlar roziligisiz belgilanib, ijro uçun Majburiy ijro byurosiga yuborilgan.
















