AQŞ prezidentligi uçun respublikaçilar nomzodi Donald Tramp Janubiy Karolina va Ğarbiy Virjiniya ştatlaridagi saylovlarda ğalaba qozonmoqda. 

Mazkur ma'lumotlarni e'lon qilgan NBC News telekanalining xabar qilişiça, respublikaçi nomzod mazkur ikki ştatda ham ğalaba qozongan, deb e'tirof etilgan. 

Ovozlarning atigi ikki foizi sanalganidan söng, Tramp 53 foiz, uning demokrat raqibi Hillari Klinton 44 foiz ovoz töplagani ma'lum bölgan.

2012 yilgi saylovlarda respublikaçi Mitt Romni Barak Obamani 10 foizlik farq bilan ortda qoldirgan edi. 

Ta'kidlanişiça, Tramp Ğarbiy Virjiniyada raqibi Klintonni katta ustunlik bilan ortda qoldirgan. Milliarder bu ştatdagi 7 foiz ovozlar sanalganidan söng, 60 foiz saylovçining işonçiga sazovor bölmoqda, Klinton xonim hisobida 35 foiz ovoz bor. 

Tört yil avvalgi saylovda ham deyarli şunday natija qayd etilgan edi — 62 foizga 35 foiz.