Turkiyaning eng yirik aviakompaniyasi Turkish Airlines mijozlar kamaygani sababli 17 ta xalqaro reysni bekor qilişga qaror qildi. "Haberler" yangiliklar portalining ma'lum qilişiça, reyslar bekor qilinişi bilan 30 ta yölovçi samolyoti foydalanişdan çiqariladi.
Bunday qarorning qabul qilinişiga iqtisodiy qiyinçiliklar va terrorçilik taşkilotlarining faolligi sabab deb körsatilmoqda, şu sababli Turkish Airlines’ning mijozlari soni kamayib ketgan. Ta'kidlanişiça, bu çoralarni hozirça qişki mavsumga kiritiş rejalaştirilgan. Samolyotlar kompaniyaga daromad keltirişi uçun parvoz qilişi kerak, deb hisoblanadi, laynerning yerda bekor turişi esa moliyaviy yöqotişlarga olib keladi. Biroq aviakompaniya uçun hozirgi şaroitlarda reyslarning bekor qilinişi ma'qulroq variant körinadi.
Foydalanişdan çiqarilgan Airbus A330-200 samolyotlaridan 12 tasi Anqara aeroportiga yetkazildi. Ular qişki mavsumda işlamaydigan ikkinçi xalqaro terminalga olib borib qöyilgan. Taxmin qilinişiça, bu samolyotlar salt turiş vaqtida texnik körik va modernizatsiyadan ötadi. Hammasi bölib kompaniya parkida 298 ta samolyot mavjud.
Bekor qilingan xalqaro reyslar orasida Jazoir, Daniya, Fransiya, Germaniya, Eron, Italiya, Iordaniya, Gollandiya, Nigeriya, Saudiya Arabistoni, Tojikiston, Ukraina va Qirğiziston bilan parvozlar bor. Davlat içida esa Eskişehir, Tokat, Erdemit, Uşak va Siirt şaharlariga reyslar amalga oşirilmaydi.












