Ganada mamlakat böylab köçib yuruvçi muzey paydo böldi, deb yozmoqda The Guardian.

"Kiosk körinişidagi muzey" afrikalik yozuvçi va rejissyor Nana Oforiatta Aymaning innovatsion işlanmasi hisoblanadi.

Naşrning yozişiça, Ayma muzeyni yaratişda Afrika arxitekturasiga xos bölgan jihatlar: mexaniklar, sartaroşlar va savdogarlar tomonidan işlatiluvçi, Afrika şaharlarining har bir köçasida uçratiş mumkin bölgan yarim qonuniy konteynerlardan foydalandi. 

Photograph: Ofoe Amegavie/ANO

Ayol yozuvçi bu loyiha haqida Britan muzeyida işlab yurgan kezlarida fikr yurita boşlaganini ta'kidlab ötdi. Uni Afrika merosi obektlari muzey peşoynalarida qanday körinişi hayratlantirgan.

Ayma aynan şunday keyin uning xalqi moddiy madaniyati mahalliy urf-odatlar şaroitida qanday körinişi mumkinligi haqida fikr yurita boşlagan. Ta'kidlanişiça, muzey Gananing 10 ta viloyatida taqdim qilinadi.

Photograph: Ofoe Amegavie/ANO