Özbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvçi Şavkat Mirziyoyev 2016 yilning 10 noyabr kuni Donald Trampni saylovdagi işonçli ğalabasi va Amerika Qöşma Ştatlari Prezidentligiga saylanganligi munosabati bilan tabrikladi. Bu haqda Özbekiston TIV saytida ma'lum qilindi.

Özbekiston rahbari AQŞ bilan strategik şerikçilik munosabatlarining barqaror rivojlanayotganligini ta'kidladi.

Joriy yilda Amerika Qöşma Ştatlari tomonidan Özbekistonning davlat mustaqilligi e'tirof etilganiga 25 yil böladi. Ötgan davr mobaynida qöşma sa'y-harakatlar natijasida Özbekiston-AQŞ hamkorligining mustahkam poydevori qurildi.

Şavkat Mirziyoyev Donald Trampga soğlik-salomatlik va mas'uliyatli davlat mansabida ulkan muvaffaqiyatlar, butun AQŞ xalqiga esa tinçlik, osoyiştalik va taraqqiyot tiladi.