Savollar.islom.uz portali foydalanuvçilaridan biri quyidagi savol bilan murojaat etgan: “Assalomu alaykum! Savolim noörin bölsa uzr sörayman. Bilişimizça, Odam alayhissalomning jussalari judayam katta bölgan. Antropologlar tomonidan Odam alayhissalomning suyaklari topilganmi yoki bu haqda biron bir ma'lumot mavjudmi?”
Uşbu savolga Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (rahimahulloh) hazratlari javob qaytarganlar.
“Va alaykum assalom! Mabodo antropologlar suyak topişgan bölsa ham u Odam alayhissalomning suyaklari emasligi 100 foiz aniq. Çunki payğambar alayhimussalomlarning jasadlari çirimasligi hadislarda kelgan. Mabodo kim bölsa ham “birorta payğambarning suyaklarini topdik”, desa ham, xato qilgan böladi. Odam alayhissalomning qabrlari qayerdaligi aniq ma'lum emas.
Avs ibn Avs roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Albatta, afzal kunlaringizdan biri Jum'a kunidir. Unda Odam xalq qilindi. Unda uning joni qabz qilindi. Unda puflaş bordir. Unda qattiq qiçqiriq bordir. Bas, unda menga salovotni köp aytinglar. Çunki salovotlaringiz menga arz (namoyiş) qilinur», dedilar. Sahobalar:
«Ey Allohning Rasuli, siz çirib ketgan bölsangiz, qanday qilib bizning salovotimiz sizga arz qilinur?», dedilar.
U zot sollallohu alayhi vasallam:
«Alloh azza va jalla yerga anbiyolarning jasadlarini harom qilgandir», dedilar».
Abu Dovud va Nasaiy rivoyat qilganlar.
Şarh: Payğambarimiz sollallohu alayhi vasallamga salovot va salom aytib turiş har bir bandaning burçidir.
Alloh taolo Qur'oni Karimda şunga amr qilgan. Ammo Jum'a kuni Payğambarimiz sollallohu alayhi vasallamga salovot aytiş yana ham zarur va alohida fazilatga ega ekanligini uşbu hadisdan bilib olamiz.
Payğambarimiz sollallohu alayhi vasallam bu işning ahamiyatini Jum'a kunining afzal kun ekanligiga boğlamoqdalar. Şuning uçun ham hadisning avvalida Jum'a kunining öziga xos sifatlaridan ba'zilarini sanab çiqmoqdalar.
Bulardan Jum'a kuni Odam alayhissalom xalq qilinganliklari, xuddi şu kuni u zotning jonlari qabz qilinganligini oldin örgangan edik.
Hadisi şarifdagi Payğambarimiz sollallohu alayhi vasallamning «Unda puflaş bor», deganlarining ma'nosi Qiyomat kunida surga Isrofil alayhissalom tomonidan puflab çaliş borligini aytişdir.
















