Lexus kompaniyasi Lyuk Bessonning EuropaCorp kinostudiyasi bilan hamkorlikda kosmik kema yaratdi - gap 2017 yilning yozida katta ekranlarga çiqadigan "Valerian va ming sayyora şahri" ilmiy-fantastik sagasi uçun tayyorlangan Skyjet kontsepti haqida ketmoqda.

Mualliflarning fikriça, Skyjet avtomobilning 700 yildan keyin qanday körinişda bölişi haqida tasavvur paydo qiladi. Skyjet'ning yaratilişida Lexus'ning boş muhandisi Takeaki Kato va yapon markasi dizaynerlari iştirok etişdi. Kontsept LC sport kupesi ruhidagi optikaga ega böldi.

Tasvirga oliş işlari uçun kemaning bir neça nusxasi tayyorlangan - ulardan birini kartina treylerida köriş mumkin. 

"Valerian va Lorelin" grafik novellasiga asoslangan  "Valerian va ming sayyora şahri" filmi Lyuk Bessonning eng umidli loyihalaridan biri hisoblanadi. Syujyet asosiga insoniyat xavfsizligini ta'minlovçi  maxsus agentlarning faoliyati yotadi. Unda boş rollarni Kara Delevin va Deyn DeXaan ijro etişgan. Bundan taşqari, kartinada Klayv Ouen, Itan Xouk hamda qöşiqçi Riannani köriş mumkin.