Belarus tinçlikparvar siyosat yurğizmoqda va mamlakatdagi dinlararo munosabatni qadrlaydi. Bu haqda Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdöğan bilan birga jome masjidini oçib bergan marosimda gapirib ötdi.
"Belarus – tinçlikparvar mamlakat. Biz tinçlikni va xotirjamlikni qadrlaymiz, şu bois mamlakatdagi turli din vakillari uçun ibodatxonalar quramiz", - dedi Belarus rahbari.
Lukaşenkoning işonç bildirişiça, mazkur jome masjidi belaruslik musulmonlar ibodat qiliş uçun eng muhim e'tiqod markazlaridan biri böladi.











