Özbekiston “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasidan Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Sarvar Otamuratovning saylovoldi Dasturida belgilangan har bir maqsad va vazifaga mamlakatimiz milliy manfaatlari hamda xalqimizning ölmas qadriyatlaridan kelib çiqib yondaşilgan. Dasturda mamlakatimiz taraqqiyotining ustuvor yönalişi sifatida jamiyatimizning ma'naviy-axloqiy asoslari ustuvorligini qaror toptiriş, ma'naviy-ma'rifiy sohalardagi islohotlarni yanada çuqurlaştiriş, tarixiy, madaniy va intellektual merosimiz, qadriyat va an'analarimizni asrab-avaylaş hamda rivojlantiriş, yoş avlodni milliy tiklaniş ğoyasiga, qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalaş böyiça belgilangan aniq çora-tadbirlar bugungi globallaşuv davrida muhim ahamiyat kasb etadi.
Binobarin, biz heç kimdan kam bölmaydigan yurt quriş, jamiyat barpo etişdek oldimizga ulkan maqsad qöygan ekanmiz, demokratik siyosiy tizimni yanada mustahkamlaşda, jamiyatimizda xilma-xil qaraşlar şakllanişida, erkin va adolatli demokratik saylov jarayonlarida barçamiz faol iştirok etamiz. Bu aziz Vatan barçamizniki, uning gullab yaşnaşi, yanada ravnaq topişi orqali farovon hayot uçun intilib yaşaymiz.
Özbekiston “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Sarvar Otamuratovga ovoz berişga çaqiradi.

Reklama huquqi asosida.