Barak Obamaning suratkaşi Pit Souza 8 yil davomida davlat rahbarining yonida bölib, uning professional suratkaşi sifatida xizmat qilmoqda. Suratkaş BBC Newsnight'ga bergan qisqa intervyusida ötgan yillar davomida Obamaning 2 million surati yiğilib qolganini aytib, ulardan  ba'zilarini naşrga taqdim etdi. 

1983-1989 yillarda Ronald Reyganning suratkaşi bölgan Souzaning sözlariga köra, u Obamaning ilk suratini 2005 yilda, uning senatorlik davrida olgan: "U Qizil maydon atrofida sayr qilib yurardi va heç kim uni bilmasdi", - deydi suratkaş. Şu voqeadan 4 yil ötib esa, Barak Obama AQŞning 44-prezidenti etib saylandi. 

Quyida Souzaning Obama iştirokidagi ajoyib suratlaridan ba'zilarini tomoşa qilişingiz mumkin.

1. Barak Obama va Ella Rodes, Milliy xavfsizlik böyiça maslahatçi örinbosari Ben Rodesning qizi

2. AQŞ prezidenti Barak Obama Lourens Lipskomb bilan muşt uriştirmoqda

3. Kiçik bolakay prezidentning soçlarini uşlab körib, özining soçlari bilan taqqoslamoqda

4. Obama Yamaykani tark etmoqda

5. Obama hazillaşib tarozini bosib turibdi

6. AQŞ prezidenti Barak Obama turmuş örtoği Mişel Obama bilan birgalikda şahzoda Jorj bilan suhbatlaşişmoqda

7. Barak Obama Ella Rodes bilan öynamoqda