Şveytsariyalik suratkaş Marsel Burkard Qozoğiston Milliy banki va respublikaning Berndagi elçixonasiga 500 tengelik banknotada uning işidan foydalanganlik töğrisidagi xatni yölladi. 

"Bir tomondan, men olgan surat Qozoğiston banknotalaridan birida muhrlanganidan juda faxrlanaman, albatta. Biroq dizayner mening muallifligimdagi suratdan foydalanib, pul işlagani töğri emas, deb hisoblayman", - dedi şveysariyalik va Qozoğiston Milliy banki buni rad etayotganini qöşimça qildi. 

Burkardning sözlariga köra, butun Qozoğistonga tanilgan çayka suratini u 2005 yilda Şveytsariyada, Tun köli qirğoğida olgan. Şu bilan birga, u professional suratkaş emasligini ta'kidlagan.

"Qozoğiston bilan sudlaşmoqçi emasman - öylaşimça, bu ajoyib mamlakat. Suratdan foydalanganlik uçun pul oliş masalasiga keladigan bölsak, bunday niyatim yöq. Şunday bölsa-da, menga tovon puli tölanişiga umid qilaman. Oxir-oqibat dizayner mening işim uçun pul olgan-ku, axir", - dedi Burkard. 

Foto: zakon.kz

Suratkaş kompensatsiya sifatida uning suratidan foydalanganlik tan olingan çiroyli sertifikat va unga biriktirilgan banknota suratini olişdan xursand bölişini ta'kidlagan. 

"Men heç qaçon Qozoğistonda bölmaganman. Biroq endi, banknotada men olgan surat aks ettirilgandan keyin bu mamlakatga boriş haqida öylab qoldim", - deydi u.

500 tenge nominalli kupyura paydo bölganidan keyin kiçik quşça Qozoğistonda muhokama mavzusiga aylandi. Milliy bank taqdim etgan 500 tengeda Kaspiy uzra çaykalar tasvirlangan, biroq xuşyor qozoğistonliklar uning Vikipediyadagi suratga öxşaşligini payqaşdi. 

Burkardning surati Vikipediyada CC BY-SA 2.0 DE kopirayt körsatkiçlari bilan joylangan, u materialni barça formatlarda qöllaş va tarqatiş imkonini beradi. Bundan taşqari, suratga qarab, işlab çiqariş materiallarini yaratişga ham ruxsat berilgan. Muallifni körsatiş va litsenziyaga havola taqdim etiş majburiy şart hisoblanadi. 

Milliy bank rassom internetdagi suratdan foydalangan bölişi mumkinligini inkor etmadi. Idorada ta'kidlanişiça, banknota dizaynini işlaş uçun maxsus mablağ ajratilmagan.