Sport | 12:44 / 13.11.2016
7587
2 daqiqa o‘qiladi

Afrika qit'asining eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlarga ovoz berish boshlandi

VVS talqiniga ko‘ra Afrika qit'asining 2016 yildagi eng yaxshi futbolchisi sovriniga nomzodlar e'lon qilindi.

Ro‘yxatda 5 nafar futbolchi nomi keltirilgan: xavbek Yaya Ture («Manchester Siti», Kot-d’Ivuar), vinger Sado Mane («Liverpul», Senegal), xabvek Andre Ayyu («Vest Hem», Gana), hujumchi Per-Emerik Obameyang («Borussiya» D, Gabon) hamda yarimhimoyachi Riyoz Mahrez («Lester», Jazoir).

Qayd etish kerakki, nomzodlardan biri bo‘lmish Yaya Ture joriy mavsumda birorta o‘yinda maydonga tushmagan.

U o‘tgan mavsumda terma jamoasi bilan Afrika qit'asi chempioni bo‘lishiga qaramasdan sovrin o‘ziga emas, terma jamoa bilan hech qanday natijaga erishmagan Per-Emerik Obameyangga berilganiga qattiq norozilik bildirgandi.

G‘olib BBC saytidagi so‘rovnoma orqali aniqlanadi, ovoz berish 28 noyabrgacha davom etadi. Ovoz berish yakunlari 12 dekabr kuni e'lon qilinadi.

 

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев

Mavzuga oid