Bugun, 13 noyabr kuni AQŞning Afğonistondagi elçixonasi "xavfsizlik nuqtai nazari"dan yopib qöyildi. Bu haqda Associated Press xabar bergan.
Diplomatik missiyani yopiş qarori jangarilar Kobul yaqinidagi "Bagram" bazasiga hujum qilganidan keyin qabul qilingan. Bu hujum oqibatida amerikalik 2 askar va 2 nafar şartnoma asosidagi harbiy halok bölgandi.
2 kun oldin esa Afğonistonning Mozori-Şarif şahri yaqinidagi Germaniya konsulxonasiga hujum uyuştirilgan va 6 kişi qurbon bölib, 100dan ortiq kişi jarohatlangandi.
AQŞning Afğonistondagi elçixonasi saytida amerikaliklarga Afğonistonga safar qilişdan tiyiliş tavsiya etilgan.
2015 yilning 1 yanvaridan buyon Afğonistonda NATOning qöllab-quvvatlaş missiyasi saqlanib qolmoqda. NATO va Afğoniston örtasidagi ikki tomonlama kelişuvga köra, mamlakatda afğon harbiylarini öqitiş va qurolli kuçlar tuzilmalarini takomillaştiriş maqsadida 12 ming harbiy qoldirilgan. Missiya noharbiy deb e'lon qilingan.












