Xitoyda ayol uçuvçi Yuy Syuy köp funksional J-10 qiruvçi-bombardimonçi samolyotida maşğulot parvozi bajarayotganida falokatga uçradi. Bu haqda Xitoyning Markaziy televideniyesi ma'lum qildi.    

Xitoy armiyasi harbiy-havo kuçlari matbuot xizmati ma'lumotlariga köra, 12 noyabrdagi maşğulot parvozi vaqtida samolyot bilan muammolar yuzaga kelgan. Parvoz yönalişi Tyantszin şahridan ötgan. Samolyot aynan şu yerda boşqaruvni yöqotib, Yuytyan uyezdida falokatga uçragan.

Yuy Syuy katapulta qilgan, biroq yerga tuşayotgan vaqtda jiddiy jarohat olgan va ulardan halok bölgan. Guvohlarning aytişiça, ikkinçi uçuvçi omon qolgan va şifoxonaga yetkazilgan.

Halok bölgan uçuvçi 1986 yilda tuğilgan bölib, yuqori lavozimli şaxslarni Xitoyga taşriflari vaqtida kuzatib borgan "Bay" guruhi a'zo bölgan. Uçuvçi uçinçi avloddagi qiruvçi samolyotlarni boşqara oladigan guruhdagi 4 ayol uçuvçining biri bölgan.