Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Admiral Kuznetsov" Suriyadagi jangovar amaliyotlarda ishtirokini boshladi
Rossiya HDFning "Admiral Kuznetsov" aviatashuvchi kemasi Suriyadagi harbiy harakatlarda ilk bor ishtirok etdi, deb bayonot bergan Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu.
"Bugun ushbu kreyserdan Su-33 samolyotlari havoga ko‘tarildi", — degan Shoygu. Bundan tashqari, "Bastion" sohilbo‘yi raketa majmualari Suriya ichkarisidagi nishonlarga zarbalar bergan.
Shoyguning so‘zlariga ko‘ra, zarbalar beriladigan nishonlar bo‘ylab, jiddiy kuzatishlar olib borilgan. Shundan so‘ng, terrorchilar ko‘p to‘planadigan va ularning tayyorlov markazlari, o‘q-dori omborxonalari nishonga olingan.
Shoyguning yodga olishicha, dastlab zarba berilgan hududlarga kimyoviy-biologik quroldan foydalanishga qarshi harbiy bo‘linmalar askarlari yuborilgan. Rossiya mudofaa vazirining ta'kidlashicha, so‘nggi bir hafta mobaynida jangarilar shu kabi xavfli qurollardan ikki marta foydalanishgan.
"Ikkala holatning birida 27 nafar kishi shifoxonaga yotqizilib, 3 kishi halok bo‘lgan, ikkinchisida 30 kishi shifoxonaga keltirilgan", -deya izoh bergan Shoygu, gap Suriya armiyasi askarlari haqida borayotganiga aniqlik kiritgan.
Mavzuga oid
08:45
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
22:09 / 08.06.2026
«Gazprom» O‘zbekistonga eksportni 15 foizga oshirganini ma’lum qildi
20:34 / 08.06.2026
Xominaiy o‘ldirilgach, Rossiyada Putinni qo‘riqlash uchun yaratilgan kuzatuv tizimi o‘chirib qo‘yildi
18:06 / 08.06.2026