Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdöğan joriy haftada Özbekiston va Pokistonga safar qiladi.
Turkiya prezidentining matbuot xizmati xabar qilişiça, Erdöğan bu ikki mamlakat bilan ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlaş maqsadida tur amalga oşirmoqda.
16 noyabr kuni turkiyaliklar prezidenti Pokistonga keladi va 16-17 noyabr kunlarida bu mamlakat prezidenti Mamnun Husayn va boş vazir Navoz Şarif bilan uçraşuvlar ötkazadi. Erdöğan Islomobodda parlament deputatlari va senatorlar qarşisida ham çiqiş qiladi.
Şundan söng Turkiya prezidenti Navoz Şarif bilan birgalikda Lahor şahriga yöl olib, ikki mamlakat işbilarmon doiralari yiğilişida iştirok etadi.
Turkiya prezidenti 17-18 noyabr kunlari Özbekistonda böladi. U safari davomida Samarqand şahriga kelib, Özbekistonning birinçi prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qiladi.
Erdöğan şuningdek, Özbekiston prezidenti vazifasini bajaruvçi hamda boş vazir Şavkat Mirziyoyev bilan uçraşuv ötkazadi. Ikki siyosatçi Özbekiston va Turkiya munosabatlarini mintaqaviy va xalqaro darajada rivojlantiriş masalasini muhokama etadi.
Eslatib ötamiz, Rajab Tayyib Erdöğan Özbekistonga 2003 yilning 18−20 dekabr kunlari Turkiya boş vaziri sifatida kelgan.












