Google soxta yangiliklar saytlarini reklama daromadlarini mahrum qilmoqçi. Bundan buyon yolğon yoki notöğri ma'lumot beriluvçi sahifalarda e'lonlarning körsatilişi çeklanadi. Bir neça soat ötgaç, Facebook ham xuddi şunday bayonot bilan çiqdi. Bu haqida Wall Street Journal naşri xabar berdi.
Hozirda Google özining AdSense vositasi yordamida reklama joylaştiriş qoidalarini özgartiriş ustida iş olib bormoqda. Soxta yangiliklar saytlarini reklama daromadlaridan mahrum qiliş ğoyasi Facebook tomonidan ham qöllab-quvvatlandi. Ijtimoiy tarmoq raisining sözlariga köra, insofsiz yangilik manbalari allaqaçon reklama vositalaridan çetlaştirilgan, bunday ma'lumotlar tarqatuvçilarining "qora röyxati" esa muntazam ravişda töldirib boriladi.
AQŞda bölib ötgan saylovlardan keyin qidiruv tizimi va ijtimoiy tarmoqqa yönaltirilgan tanqidlar oqimi natijasida ana şunday qarorga kelingan.
AQŞdagi saylov oldi kampaniyasi vaqtida Facebook tarmoği "Ommabop" bölimida yolğon yangiliklarni joylaşda ayblandi.
Hozirda ijtimoiy tarmoqda soxta yangiliklarning paydo böliş sabablari va ularning AQŞdagi saylovlar natijasiga ta'sirini örganuvçi maxsus işçi guruh tuzildi. U tarmoq asosçisining nuqtai nazari bilan hisoblaşmaydigan xodimlardan taşkil topgan. Guruh a'zolari rahbariyatdan pinhona uçraşişmoqda. Bundan avval Mark Tsukerberg soxta yangiliklarning ovoz beriş yakunlariga ta'siri borasidagi taxminni "ahmoqona gap", deb atagandi.
"Bu ahmoqona gap emas. Ahmoqlik - bu heç narsa sodir bölmayotganini ta'kidlaş, vaholanki, u (Tsukerberg) ham, biz ham platformamizda saylov kampaniyasi davomida soxta yangiliklar bölganini yaxşi bilamiz". Facebook xodimi
13 noyabr kuni Mark Tsukerberg soxta xabarlarning tarqalişi bilan kuraşişga kirişgani haqida ma'lum qildi. U jamoaning taxminiy yolğon ma'lumotlarni aniqlovçi servisni işlab çiqiş bilan şuğullanayotganini ta'kidladi.
Gizmodo naşrining ma'lum qilişiça, soxta yangiliklarni aniqlovçi dastur 2016 yilning boşidayoq tayyor bölgan, biroq uning işga tuşirilişi keçiktirilgan.













