Bugungi kunda dunyoning turli mintaqalarida bölayotgan jarayonlarga imom–xatiblar öz munosabatlarini bildirişlari, adaşgan oqimlarning puç da'volariga ilmiy, asosli raddiyalar berişlari, ularning xatarli ğoyalaridan musulmonlar ommasini saqlaş va odamlarga sof islom ta'limotlarini mağizini tuşuntiriş hamda islom ezgulik, tinçlik dini ekanligini yetkazişlari asosiy vazifa hisoblanadi.

Oqil hayotdan, tarixdan ibrat olib yaşaydigan kişidir. Bu maqola orqali e'tiboringizga tarixga muhrlangan ana şunday ibratli nasihatni havola qilamiz. Öqib hozirgi zamonda din niqobi ostida har qanday xunrezlikni qilişga tayyor ğalamislarning asl başarasini bilib olasiz.

Maşhur muarrix Abulqosim Aliy ibn Hasan özining «Tarixi madina ad–Dimaşq» asarida: «Abu Bakr roziyallohu anhuning Şom fathiga ehtimomi» bobida qömondonlarga nasihatlarini keltirganlar. Öşa voqeani qisqaça tafsiloti keltirib ötsak.

Hazrati Abu Bakr roziyallohu anhu amirlardan birini Şomga jönatayotib önta nasihat qilganlar. Bu voqea ön uçinçi hijriy yili bölgan. Abu Bakr roziyallohu anhu nasihat qilgan zot Yazid ibn Abu Sufyon edi. Bu nasihatlar uruş holatida qömondonlarga qarata aytilgan. Uruş vaqtida ham uşbu ön nasihatga amal qiliş kerak va lozim bölsa, tinç ölkalarda odamlarni qirğinbarot etib, obod joylarni vayron qilayotgan vahşiylarning işlariga nima deyiş, qanday baho beriş mumkin?!

Öşa ön nasihat quyidagilar:

1. Xargiz ayol kişini, 
2. yoş bolalarni, 
3. yoşi katta keksalarni öldirma.

Islom dinida ayollar qadrlanadi, e'zozlanadi. Bunga zid bölgan har qanday işlar qoralanadi.

Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ğazotlaridan ba'zisida bir ayol öldirilgan holda topildi. Şunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ayol va bolalarni öldirişni qattiq inkor qildilar». Imom Muslim rivoyati.

Ibn Umar roziyallohu anhu rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning öşa ğazotlaridan ba'zisida bir ayol öldirilgan holda topildi. Şunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ayol va bolalarni öldirişdan qaytardilar», dedi.