15 noyabr kuni Janubiy Koreya prokuraturasi Cheil Worldwide kompaniyasi boş qarorgohida tintuv işlarini olib bordi. Bu kompaniya Samsung konsernining reklama böyiça şö'ba korxonasi hisoblanadi. Uşbu tergov harakatlari respublika prezidenti Pak Kin Xening dugonasi Çxve (Tsoy) Sun Sil işi bilan boğliq.
"Tintuv çoğida kompyuter qattiq disklari, buxgalterlik hujjatlari va Çxve Son Sil işiga aloqador boşqa hujjatlar töplamlari olingan", - deyiladi prokurtura axborotnomasida. Tergovçilar kompaniyani Çxve Sun Sil va qizi tomonidan Germaniyada ta'sis etilgan firmasiga 3 mln dollar miqdorida mablağ ötkazişga aloqadorlikda gumon qilmoqda.
Bugun, şuningdek, tergovçilar Lotte Group raisi Sin Don Binni uşbu iş doirasida söroq qilgan. Bundan avval, Janubiy Koreyaning Hyundai Motor kabi yirik kompaniyalari rahbariyatlari ham körsatma bergan edi. Prokuratura şu haftada mamlakat prezidenti Pak Kin Xeni ham söroq qilişni rejalaştirgan.

















