Zamonaviy yengil atletika qiroli Useyn Bolt bir neça yillardan buyon özining sevimli jamoasi – «Mançester Yunayted» klubida töp suriş istagini bildirib keladi. Uning futbolga, aynan şu ingliz klubiga mehri baland ekani barçaga ma'lum. 

Kuni keça yamaykalik sportçi 2017 yilda yengil atletikadagi faoliyatini yakunlaşi va futbolga qadam qöyişi haqida xabar berdi. Uning aytişiça Bolt kelgusi yildan boşlab Dortmundning «Borussiya» klubi bilan birga şuğullanişni boşlaydi. Buning uçun sportçi boş murabbiy Tomas Tuxel bilan gaplaşib olganini bildirgan. «Bir neça kun davomida «Borussiya» bilan işlayman, köramiz bu qanday çiqarkan. Agar «MYu»da öynasam orzuim amalga oşgan bölardi. Keyingi 2 yilda futbolçi sifatida öynab körmoqçiman. Mendan yaxşi hujumkor yarimhimoyaçi yoki himoyaviy qismning zöri çiqişi mumkin», degandi Bolt.

Mazkur voqea sabab biz sportning boşqa turi bilan şuğullana turib, futbolga alohida mehr qöygan boşqa atletlarni yodga olişga qaror qildik.

Mixael Şumaxer

Formula-1 qiroli heç qaçon özining futbolga bölgan qiziqişlarini yaşirib kelmagan. Faoliyatini tugatgaç, nemis sportçisi tez-tez turli xayriya futbol uçraşuvlarida iştirok etib keldi. Qisqa muddat esa u Şveytsariya uçinçi ligasi vakili «Exixens» safida ham öynaşga ulgurgan. Boş murabbiy hattoki undan köproq vaqtini futbolga ajratişini va jamoani yanada quyi divizionga tuşib ketmasligiga kömaklaşişini söragandi. Biroq Şumaxer sportdagi faoliyatiga töliq yakun yasaşga qaror qilgandi. Şundan söng, u dahşatli falokatga uçradi va mö'jiza tufayligina tirik qoldi. Yarim yildan ortiqroq koma holatida yotgan afsona asta-sekin özini tiklab borayotgani haqida xabarlar paydo bölgan.

«Men aynan futbolda proffessionalman. Futbol maydoniga çiqqanimda Formula-1 poygalaridan ham köproq asabiylaşaman. Töp menga kelib tuşganda uni boşqariş uçun, poygadagi xavfli burilişdan ötişdan köra köproq konsentratsiya talab qilinadi», degandi u.

Kobi Brayant

Afsonaviy basketbolçi bolaligining bir qismini Italiyada ötkazgan – uning otasi Italiya professional basketbol jamoasida öynagandi öşanda. Şu kunga qadar u toskança şevada bemalol sözlaşa oladi. U bu tilda gaplaşişiga sinfdoşlari bilan tinimsiz futbol öynagani sabab bölgan. Hozirga qadar u millionlar öyiniga ayniqsa oşno bölib kelmoqda. U futbolda juda köplab döstlar orttirgan, ayniqsa «Barselona» futbolçilari bilan yaxşi aloqada bölib keladi. Klub 2012 yilda AQŞda öz filialini oçganida öşan paytdagi prezident Joan Laportaga  Kobi jiddiy tarzda öz xizmatini taklif qilgandi.