Suriya prezidenti Başar Asad Turkiya armiyasining Suriya hududida olib borayotgan harbiy amaliyotlari xususida öz fikrini bildirgan. Asadning bayonot berişiça, u mazkur amaliyotlarni qabul qila olmaydi. Suriya yetakçisi Radio e Televisao de Portugal (RTP)ga bergan intervyusida şu haqda söz yuritgan.

Başar Asad jurnalist tomonidan Turkiya harbiylarining Suriya hududidagi amaliyotini ma'qullaysizmi?, degan savoliga salbiy javob berib, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanni «kasal inson» deb atagan.

«Siz kasal odam haqida gapirayapsiz. U  — buyuklik kasaliga yöliqqan prezident. U hozirgi zamonda emas, ötmişda, Usmoniylar imperiyasida yaşayapti. U haqiqatdan uzilib qolgan», — degan Asad Erdöğan haqida fikr yuritar ekan. 

Suriya rahbarining sözlariga köra, terrorçilar Suriya hududiga «Turkiya orqali va Erdöğanning qöllab-quvvatlaşi vositasida kirib kelişgan».

Erdöğan oktabr oyida Turkiya armiyasining Suriyadagi harbiy amaliyotlari xususida söz yuritib, u Al-Bab va Manjib şaharlarini himoya qilişga qaratilganini qayd etgan, ammo Halab şahriga yetib bormasligini ta'kidlagan edi.