Pxenyandagi xalqaro futbol akademiyasi murabbiyi Ri Yu Il Şimoliy Koreyaning futbol borasidagi kelgusi rejalari bilan örtoqlaşdi.
«Biz şogirdlarimizni şunday tayyorlaymizki, ular kelajakda super iqtidorli futbolçi bölib yetişadi. Ular özining harakatlari bilan xuddi Lionel Messidek boşqalardan ajralib turişi kerak.
Bugungi kunga keladigan bölsak, biz Osiyoda yetakçilik qilişimiz kerak. Kelajakda esa jahon futbolida şunday natijalarga erişamiz», — degan şimoliy koreyalik murabbiy.
KXDRning norvegiyalik boş murabbiyi Yorn Andersen esa bu bayonotga şunday munosabat bildirib ötgan.
«Ular Lionel Messidek iqtidorli futbolçi çiqaradi deb öylamayman. Ammo ular Osiyoda muvaffaqiyat qozonişi mumkin bölgan futbolçilar yetiştirib berişga qodir. Bu yerda iqtidorlar köp va ular albatta öz mamlakatlarida qolişi kerak. Ular KXDRdan çiqib keta olmaydi», degan u.












