Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanning ma'lum qilişiça, Pokiston hukumati turk muxolifati yetakçisi Fathulloh Gulen taşkilotiga tegişli maktablarda ta'lim beruvçi öqituvçilarni mamlakatdan çiqarib yuborişga qaror qilgan.
Rasmiy Anqara Gulen taşkilotini şu yilning iyul oyida amalga oşirilgan harbiy davlat töntarişiga urinişni uyuştirganlikda gumon qiladi.
Pokiston IIV ma'lum qilganidek, mamlakat hukumati Gulen taşkiloti tomonidan barpo etilgan 23ta maktabda işlab kelgan 108 nafar öqituvçi va ularning oila a'zolariga Pokistonni 20 noyabrgaça tark etişni tavsiya qilgan. Şunga köra, Pokistondan jami 400 nafarga yaqin kişi çiqarib yuborilmoqda.
Şu yilning 16 iyulga ötar keçasi Turkiyadagi bir guruh harbiy isyonçilar davlat töntarişini amalga oşirişga urinişgan edi. Asosiy ziddiyat Anqara va Istanbul şaharlarida yuz berdi. 240 nafar tinç aholi vakili halok bölgan va 2 mingdan ortiq inson jarohatlangan isyon bostirilgandi.












